Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari, muftiy Damir Muxetdinov Davlat Dumasining rus tilini bilmaydigan chet ellik bolalarni maktablarga qabul qilmaslik haqidagi tashabbusiga izoh berdi.
U Rossiyada nega davlat tilini o‘rgatish majburiyati borligini tushunmasligini aytdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va deputatlar hamma rus tilini o‘rganishi kerakligi haqida gapirishi ham tushunarsizligini ta’kidlagan.
Muxetdinovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi federatsiya bo‘lgani uchun undagi barcha tillar teng huquqlarga ega.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi migrantlarning farzandlari uchun rus tilini bilish uchun majburiy imtihonni joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi. Agar bola bunday sinovdan o‘ta olmasa, u maktabga qabul qilinmaydi.
Muftiy Damir Muxetdinov “Bizness Onlayn” nashriga bergan intervyusida migratsiya va uning Rossiya uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, 140 millionlik mamlakatda muhojirlar soni nisbatan kam bo‘lishiga qaramay, ommaviy axborot vositalarida migratsiya muammosi ko‘pincha bo‘rttiriladi.
Muxetdinov mamlakatda ishchi kuchining keskin tanqisligini ta’kidlagan. Migrantlarni almashtirish muammosi ayniqsa ko‘chalarni tozalash va jamoat transporti kabi sohalarda sezilarli bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yosh muhojirlarning o‘rnini keksalar, ayniqsa ayollar bilan almashtirish jamiyat uchun orqaga qo‘yilgan qadamdir”.
Muftiy, shuningdek, migrantlarning Rossiyada qulay yashashni ta’minlovchi qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga qo‘shgan katta hissasiga ham e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, yangi uylar, yo‘llar va hatto cherkovlar ham ko‘pincha muhojirlar tomonidan quriladi. U migratsiya tanqidchilariga murojaat qilib, agar ular migrantlarning jamiyatdagi rolini tan olmasa, ular qurgan uylarda yashashdan voz kechishni taklif qildi.