Maqola

264 13/09/2024

Moskva oblastining Pushkinskiy shahar dumasiga deputatlar saylovida g‘olib chiqqan Bahromjon Hasanov shahar kengashining birinchi majlisida vakolatlaridan voz kechdi.

Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida Pushkinskiy shahar okrugi Deputatlar Kengashi raisi Artyom Sadulaning Bahromjon Hasanov arizasini o‘qib eshittirayotgan videosi tarqalmoqda.

“Deputatlar Kengashiga Hasanov Bahromjon tomonidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza kelib tushdi. Uning vakolatlari bugundan boshlab tugatilsin”, – deydi videoda Artyom Sadula.

Avvalroq Migrant.uz tojik diasporasi rahbari Baxromjon Hasanov Moskva oblastining Pushkino shahrida saylovlarda g‘alaba qozonib, deputat etib saylangani haqida yozgan edi.

Ammo millatchilar muhojir deputat bo‘lganini hazm qilolmay, oxirgi uch kun davomida Hasanovga “axborot hujum”larini oshirdi. Bahromjonga nisbatan turli bo‘htonlar qilinib, shaxsiga nafratni kuchaytirishda katta faollik ko’rsatildi.

Natijada, Hasanov bosimga bardosh berolmay iste’fo berishga qaror qildi.

Rossiyada o‘ng qarashli radikallarning ko‘nglila qarash rus bo’lmagan fuqarolar bilan hamkorlik qilishdan muhimroqqa o‘xshaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya