
Fojia 5-avgust kuni Volgograd viloyatining Leninskiy tumanida yuz berdi. Viloyat favqulodda qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yigit Axtuba daryosiga cho‘kib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak Baxtiyarovka qishlog‘i yaqinidagi sohilda dam olayotgan bo‘lgan. Suzish paytida u suvga sho‘ng‘ib qaytib chiqmagan. Guvohlar yordam berishga harakat qilishdi, ammo hech qanday natija bermadi. Marhumning jasadi Leninskiy qidiruv-qutqaruv bo‘linmasidan g‘avvoslar kelganidan keyingina topildi. U suvdan chiqarilganda, allaqachon o‘lgan edi.
Muhojir fuqaroning o‘limi holatlari aniqlanmoqda. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilyapti.
Hamyurtlarimizga hatto tanish joylarda ham hushyorlikni yo‘qotmaslik, mast holda suvga tushmaslik, bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni tavsiya qilamiz.