Maqola

148 29/01/2025

Kirov viloyatining ikki fuqarosiga Rossiya Federatsiyasi hududida muhojirlarni noqonuniy legallashtirish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xabarga ko‘ra, muhojirlarni testdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot xodimasi o‘z sherigiga to‘g‘ri javoblar belgilangan test blankalarini bergan. U esa o‘z navbatida bu blankalarni pul evaziga yaqin xorij mamlakatlaridan kelgan muhojirlarga yetkazgan. Ayrim hollarda ayol muhojirning o‘rniga uning shaxsiy akkaunti orqali maxsus saytga kirib, imtihonni o‘zi topshirgan. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng muhojirlarga rus tili, tarix va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon topshirganligi haqida sertifikat berilgan.

Ular ushbu sertifikatlarni Kirov viloyatidagi Rossiya IIV huzuridagi Migratsiya boshqarmasiga ishlash uchun patent olish maqsadida taqdim etgan. Shu yo‘l bilan Rossiya Federatsiyasi hududida 100 ga yaqin muhojir noqonuniy ravishda legallashtirilgan.

«Hozirda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 286-moddasi va 322.1-moddasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Bir ayblanuvchiga uy qamog‘i, ikkinchisiga esa tergovga hozir bo‘lish majburiyati belgilandi.

Shuningdek, noqonuniy yo‘l bilan sertifikat olgan muhojirlarning mamlakatda qolishining qonuniyligi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu jarayondan so‘ng ular Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuboriladi», deyiladi xabarda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya