Yangi SIM-karta olishi uchun migrantlardan quyidagilar talab qilinadi:
1. СНИЛС”
2. “Госуслуги”da ro’yxatdan o’tish
3. Biometriya topshirish
4. Mobil aloqa saloniga pasport, uning notarial tasdiqlangan tarjimasining asl nusxasi va SIM-kartani ishlatmoqchi bo’lgan telefoningiz bilan murojaat qilish.
2025-yilning 1-yanvaridan boshlab SIM-karta olishda mobil aloqa operatori bilan shartnoma tuzish uchun telefonning IMEI (qurilmaning seriya) raqami ko’rsatilishi kerak. Mobil aloqa salonidagi xodim shartnoma tayyorlaydi va muhojirning ma’lumotlarini biometriya orqali tekshiradi. Biometriya tasdiqlangandan so’ng, SIM-karta beriladi. Muhojir yangi olgan SIM-kartasini «Госуслуги» orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi. Buning uchun kamerasi bor qurilma orqali «Госуслуги» saytiga kirish kerak bo’ladi.
“СНИЛС” qanday olinadi?
1. Pasportingizni tarjima qiling va notariusda tasdiqlating.
2. “СНИЛС”ni Rossiya Ijtimoiy fondi yoki “Мои документы”ga borib rasmiylashtiring.
“Госуслуги”da qanday ro’yxatdan o’tiladi?
1. Pasport va uning notarial tasdiqlangan tarjimasi va “СНИЛС”ni olasiz. Elektron pochta yoki Rossiyada olingan telefon raqami ham kerak bo’ladi.
2. “Мои документы” yoki bankka, masalan Sberga murojaat qiling. U yerda sizga “Госуслуги”dan ro‘yxatdan o‘tishga yordam berishadi.
Biometriya qanday topshiriladi?
1. Biometriya topshirish uchun pasport va notarial tasdiqlangan tarjima, “СНИЛС”, elektron pochta kerak bo’ladi.
2. Biometriyani topshirish eng qulay bo‘lgan joy – bu bank. Masalan, Sberbankka murojaat qiling. U yerda biometric ma’lumotlaringizni olishlarini va ularni Yagona biometrik tizimga kiritishlarini so’rang.
Biometriya murojaat qilgan kuningiz tasdiqlanadi va ro’yxatdan o’tkaziladi.