64 21/02/2024

Yaqin orada Moskva shahrida Rossiyadagi chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun shaxsni tasdiqlovchi elektron kartalar berilishi boshlanadi.

Bu haqida Moskva merining qarori chiqqan. Hozircha qarorda aytilayotgan yangi elektron kartalar migrantlarga ikki yildan buyon berilayotgan “yashil” kartalardan nimasi bilan farq qilishi tushunarli emas. Lekin shunga qaramay, qarorni o‘rganib, elektron karta haqidagi ma’lumotlarni bo‘lishamiz.

✅ Elektron kartalar 14 yoshdan katta bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga beriladi.

✅ Karta “Saxarovo”da, ya’ni Ko‘p tarmoqli migratsiya markazida beriladi.

✅ Karta patentga o‘xshash qog‘ozdan iborat bo‘lib, QR-kodli bo‘ladi.

✅ Kartaga migrantlarning quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:
a) familiya, ism, sharif
b) tug‘ilgan sana
d) jins
e) fotosurat
f) fuqarolik
g) shaxsiy imzo nusxasi.

✅ Elektron kartada chet elliklarning shaxsiy ma’lumotidan tashqari kartaning seriya va raqami, tugash sanasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

✅ Bunday kartalar berilgan kundan boshlab 5 yil muddatgacha amalda bo‘ladi.

✅ Elektron kartalar migrantlarga bepul beriladi.

✅ Kartani boshqalarga berish mumkin bo‘lmaydi.

✅ Kartada ko‘rsatilgan ma’lumotlardan birortasi o‘zgarsa, karta yo‘qolsa yoki yaroqsiz holga kelsa qaytadan olish kerak bo‘ladi.

✅ Kartani qaytadan olish uchun 7 kun ichida Saxarovoga murojaat qilish kerakligi belgilangan.

✅ Elektron kartani berishda rad javobini berishlari mumkin. Qaysi sabablarga ko‘ra rad javobini berishlari ochiqlanmagan.

✅ Kartani berish uchun qanday hujjatlar va qaysi ma’lumotlarni talab qilish aniq tartibda belgilanmagan, kartani beruvchi tashkilotda xohlagan hujjatlarini talab qilish huquqi mavjud.

Hozir Moskva va Moskva oblastida ishlaydigan va patent olgan har bir migrantga patentga qo‘shib “yashil” rangli karta berib kelinmoqda. Ko‘rib turganingizdek, qaror bo‘yicha yangi kartalar o‘sha yashil kartalardan farq qilmaydi. Ammo tajribada bir oz farq kuzatilishini istisno qilolmaymiz. Shuning uchun kartalar berilishi boshlanishini kutamiz va albatta, sizlarga qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация