Huquq-tartibot idoralari xodimlari Primoryeda noqonuniy migratsiya kanalini to‘xtatdi – kollej xodimlari 70 nafar muhojirga yashash uchun ruxsatnoma olish uchun soxta diplom bergan.
Uch nafar xodim, jumladan Primorsk o‘lkasidagi Mintaqaviy texnika kolleji direktori va uning qo‘l ostidagi ikki xodim noqonuniy migratsiyani tashkil etish va o‘quv jarayonini tashkil qilishda mansab vakolatlarini suiiste’mol holatlari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda.
Ular 2021-yil sentabr oyidan, 2023-yil noyabrigacha 70 nafar xorijlik fuqarolarni kollejlarga o‘qishga qabul qilish va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomani noqonuniy ravishda olib bergan.