Мақола

132 31/03/2024

Migratsiya va korrupsiya sxemalarining fosh bo‘lishi davom etmoqda. Moskva viloyatining Balashixa shahrida migrantlarga registratsiya qilib bergan “tadbirkor ayollar” qo‘lga olindi.

“Baza” telegram kanalining xabar berishicha, migrantlarga soxta registratsiya qilib bergan ayollar “Migratsiya xizmatlari byurosi” boshlig‘i Anjela Manoliu, politsiya mayori Tatyana Kopilova, politsiya kapitani Viktoriya Boyko, Reutovo shahridagi rus tili markazi rahbari va yana 8 nafar shaxslar bo‘lgan.

Jinoyatchilikda ayblanayotgan guruh 2022-yilning yanvar oyidan buyon 1500 dan ziyod migrantlarga soxta registratsiya qilib bergani aytilmoqda.

Xabar berilishicha, “Migratsiya xizmatlari byurosi” boshlig‘i Anjela Manoliuga “noqonuniy migratsiyani tashkillaganlik” moddasi bilan jinoiy ish ochilgan.

Rossiyada o‘zi yashab turgan joyda migratsion qayddan o‘tmagan odamning qo‘lidagi “registratsiyasi” soxta sanaladi. Jinoyatchilikda ayblanayotgan ayollar xizmatidan foydalangan kamida 1500 kishining “registratsiya”si ham bekor qilinganini taxmin qilish mumkin.

⚠️ Xulosa o‘rnida, har kimni o‘zi yashab turgan joyda “registratsiya” ya’ni migratsion qayddan o‘tishi kerakligini ta’kidlaymiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация