342 29/09/2026

Sönggi yillarda Markaziy Osiyodan Rossiyaga mehnat qiliş uçun borgan migrantlarni Ukrainadagi uruşga majburan yuboriş holatlari haqida xabarlar kamaygan. Biroq harbiy şartnomani öz ixtiyori bilan imzolayotgan xorijliklar soni ortib bormoqda. Huquq himoyaçilari, jurnalistlar va uruşda iştirok etganlarning maʼlumotlariga köra, bunga asosiy sabablar — katta miqdordagi pul tölovlari, qarzlarni yopiş istagi va Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda oliş imkoniyati.

Pul — asosiy rağbatga aylanmoqda

Huquq himoyaçisi Valentina Çupikning aytişiça, 2023-yil 23-iyuldan beri uning taşkiloti migrantlarni majburan harbiy xizmatga jalb qiliş böyiça birorta ham murojaatni qayd etmagan. Biroq moddiy şaroitlar bilan qiziqtiriş holatlari haqida önlab xabarlar kelib tuşmoqda. Agar Markaziy Osiyodan ilgari harbiy şartnoma imzolaganlar asosan Rossiya pasportini olişni maqsad qilgan bölsa, keyinçalik pul tobora asosiy rağbatga aylanib borgan. Pul uçun şartnoma imzolayotganlar orasida Tojikiston va Özbekiston fuqarolari salmoqli örinni egallaydi.
Qirğizistonlik jurnalist Odil Turduqulov bu holatni migrantlarning iş haqi pastligi va mintaqa davlatlaridagi iqtisodiy muammolar bilan izohlaydi. Şartnoma tuziş uçun taklif qilinayotgan 2 million rubl köpçilik uçun oilada töplanib qolgan moliyaviy muammolarni hal qiliş imkoniyatidek körinadi. Şu bilan birga, Rossiya fuqaroligini oddiy tartibda oliş qiyinlaşgan, harbiy xizmatda iştirok etiş esa fuqarolikni soddalaştirilgan tartibda oliş imkonini beradi.

Pul asosiy sabablardan biri ekanini uruşda iştirok etganlarning özlari ham aytgan. 2025-yil dekabr oyida kiyevlik videobloger Vladimir Zolkinga bergan intervʼyusida Aqmola viloyatida tuğilgan bir erkak turmuş örtoği bilan birga Rossiya armiyasiga oilaviy qarzlarni tölaş uçun borganini aytgan. Ularning qarzlari orasida xotinining ota-onasi va uning ukasi qarzlari ham bölgan. Qolgan pulni esa oila kvartira sotib oliş uçun jamğarişni rejalaştirgan.

Yana bir holatda Özbekistonning Sirdaryo viloyatidan bölgan 41 yoşli quruvçi 2006-yildan beri Volgograd viloyatida işlab kelgan. U bir yillik harbiy şartnoma imzolaşga rozi bölgan. Evaziga unga pul, oila aʼzolari uçun Rossiya fuqaroligi va uy quriş uçun yer uçastkasi vaʼda qilingan.

Aldov, tarğibot va bedarak yöqolganlar

Ayni paytda odamlarni aldaş yoki bosim ötkaziş orqali harbiy xizmatga jalb qiliş holatlari haqida ham xabarlar bor.

Qirğizistonning Issiqköl viloyatida yaşovçi Zamira ismli ayolning aytişiça, uning akasi qariyb 10 yil Rossiyada işlagan va uç nafar farzandini boqqan. Uning sözlariga köra, erkakni yangi iş taklifi bahonasida Moskva markaziga çaqirişgan. Keyin esa u oilasiga aldaniş yöli bilan uruşga tuşib qolganini va qaytib keliş imkoni yöqligini aytgan.

Ukrainaning davlatga qaraşli «Xoçu nayti» («Topişni xohlayman») loyihasi maʼlumotlariga köra, MDH davlatlaridagi oilalardan bedarak yöqolgan yaqinlarini topiş böyiça murojaatlar soni ikki baravar köpayib, taxminan 200 mingtaga yetgan. Loyiha maʼlumotlariga köra, 2025-yil oktyabridan boşlab Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan murojaatlar soni ham ikki baravar oşgan.

«Ukraina — Markaziy Osiyo» loyihasi «Xoçu jit» loyihasi maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, 2026-yilga kelib Rossiya armiyasi safida Markaziy Osiyodan qariyb 13 ming nafar yollanma askar uruşda qatnaşgan.

«Xoçu jit» loyihasi vakili Bogdan Axremenko Ukrainada dunyoning 40 ta davlatidan yuzlab harbiy asirlar borligini bildirgan. Ularning aksariyati Markaziy Osiyodan çiqqan fuqarolar ekani aytilmoqda. Ukraina xorijliklarni ukrainalik harbiy asirlarga almaşiş masalasini muhokama qilişga tayyor, biroq Rossiya tomoni ularni qaytarişga yetarliça qiziqiş bildirmayapti. Migrantlarning öz davlatlari ham, Axremenkoning fikriça, ularni qaytariş bilan yetarliça faol şuğullanmayapti.

Natijada ayrim xorijlik harbiy xizmatçilar öz davlatlari va yaqinlarining yordamisiz qolmoqda.

Odil Turduqulovning taʼkidlaşiça, Rossiya tarğiboti taʼsiriga tuşgan ayrim muhojirlar ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarga işonib, jangovar harakatlarda iştirok etganidan keyin jiddiy oqibatlarga duç kelmasligiga işonadi.

Rossiyadagi yangi qoidalar

Sönggi yillarda Rossiya hukumati harbiy xizmatda bölgan xorijliklarga taalluqli qonunçilikka bir qator özgartişlar kiritdi.

2024-yil yanvaridan boşlab Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan xorijliklar va ularning oila aʼzolari Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda oliş imkoniyatiga ega böldi. Bunda rus tili, tarix va qonunçilik asoslaridan imtihon topşiriş, şuningdek, mamlakatda majburiy beş yil yaşaş talabi qöllanilmaydi. 2025-yil noyabridan boşlab uşbu norma şartnoma muddati tugagani, yoşi yoki soğliği sababli harbiy xizmatdan böşatilgan ayrim xorijliklarga ham tatbiq etildi. 2026-yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasida xizmat qilgan va jangovar harakatlarda iştirok etgan xorijliklarni qonunda belgilangan holatlarda boşqa davlatlarga bermaslikni közda tutuvçi qonunni imzoladi.

Şu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlarida fuqarolarning xorijdagi qurolli mojarolarda iştirok etişi jinoiy javobgarlikka olib kelişi mumkin. Sönggi tört yilda mintaqa davlatlarida bunday işlar böyiça önlab ayblov hukmlari çiqarilgan. Köp hollarda jazo beş yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni taşkil etgan.

Eng köp muhokama qilingan işlardan biri — Qirğiziston fuqarosi Askar Kubanыçbek uulu bilan boğliq. 2023-yilda Qirğiziston sudi uni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilişga hukm qilgan edi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi unga Rossiya pasportini beriş masalasi ustida iş olib borilayotganini maʼlum qilganidan keyin iş qayta körib çiqilgan. Jazo uç yillik probatsiya nazorati bilan almaştirilgan. Şundan keyin u Qirğizistonni tark etib, Rossiyaga borgan va yana Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan.

Huquq himoyaçilari va ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining bu muammoga munosabatini yetarliça faol emas, deb hisoblaydi.

Valentina Çupikning fikriça, rasmiy ogohlantirişlarning özi yetarli emas. Uning taʼkidlaşiça, fuqarolarga xorijdagi qurolli mojarolarda iştirok etiş qanday jinoiy javobgarlikka olib kelişi mumkinligi kengroq tuşuntirilişi kerak.

Odil Turduqulov esa mintaqa hukumatlari bu masalani oçiq muhokama qilişdan qoçayotganini aytadi. Uning fikriça, bunga sabablardan biri Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyaga iqtisodiy va siyosiy jihatdan boğliqligidir.

Migrantlarning harbiy şartnoma tuziş qarori köpinça aniq moddiy muammolar — qarzlar, daromadning pastligi, oilani taʼminlaş zarurati yoki uy-joy va fuqarolik oliş istagi bilan boğliq. Biroq vaʼda qilingan pullar bilan birga inson jarohat oliş, asirga tuşiş yoki halok böliş xavfini ham öz zimmasiga oladi. Vatanga qaytganidan keyin esa xorijdagi qurolli mojaroda iştirok etgani uçun jinoiy taʼqibga uçraşi mumkin.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya