Rossiyada xorijiy ishchi kuchiga talab tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Prezidentning maxsus vakili iqtisodiyotning mehnat muhojirlariga qaramligi sabablarini aytib o’tdi.
Rossiyaning mehnat muhojirlariga bo‘lgan ehtiyoji so‘nggi yillarda eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha maxsus vakili Boris Titov ma’lum qildi. NEWS.ru saytiga bergan intervyusida u mamlakatda ishchilarning jiddiy tanqisligi kuzatilayotganini ta’kidlagan. Siyosatchining fikricha, bu asosiy kasblar vakillarining keskin yetishmayotganligi bilan bog’liq. Ish beruvchilar uchun xodim yig’ish tobora qiyinlashmoqda.
«Biz Rossiyaning muhojirlarga boʻlgan ehtiyojini boʻrttirib koʻrsatmayapmiz. Bugungi kunda ishchilar taqchilligi keskin nuqtaga yetdi. Xodimlarni topish nihoyatda qiyin boʻlib qoldi va bu muammoni faqat mehnat unumdorligini oshirish orqali hal qilib boʻlmaydi», — dedi Titov.
Siyosatchining aniqlik kiritishicha, eng katta talab asosiy kasblarda kuzatiladi. Gap qishloq xo’jaligi, umumiy ovqatlanish, shuningdek, mehmonxona biznesi va sanoat kabi sohalar haqida bormoqda. Shu bilan birga, Titovning so’zlariga ko’ra, qiyin vaziyat Markaziy bankning yuqori asosiy stavkasi bilan og’irlashmoqda. Shu tariqa, mehnat bozorida barqaror vaziyatni yaratish davlatdan shoshilinch qarorlar qabul qilishni talab qiladi.
Aytish joizki, muammo yo‘lovchi tashishga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, avvalroq Sankt-Peterburg hukumati chet el fuqarolarining taksi haydovchisi sifatida ishlashini taqiqlashni keyinga surgan edi.