33 22/10/2026

Özbekistondan mehnat migratsiyasi allaqaçon oddiy iqtisodiy hodisa doirasidan çiqib, inson qadr-qimmati, huquqiy himoya va davlat masʼuliyati bilan boğliq öta dolzarb masalaga aylandi. Migrantlarning pul ötkazmalari millionlab oilalarni qöllab-quvvatlamoqda va milliy iqtisodiyotga hissa qöşmoqda. Biroq xorijda mehnat qilayotgan işçilar tobora köproq şafqatsiz munosabat, huquqsizlik va hayotiga tahdid soluvçi xavflarga duç kelmoqda.

Odamlar nega xorijga ketadi?

Fuqarolarning ommaviy ravişda xorijga ketişiga turtki berayotgan asosiy omil — Özbekistonda munosib iş örinlari va barqaror daromad yetişmasligidir. 2025-yilda mamlakatda rasman qayd etilgan işsizlar soni 744,9 ming nafarni taşkil etdi. Biroq rasmiy statistika muammoning faqat röyxatga olingan qismini aks ettiradi.
Içki mehnat bozorida böş iş örinlari köpayişi ham munosib daromad kafolati emas. Masalan, 2025-yilning törtinçi çoragida quriliş sohasidagi böş iş örinlari soni 32,6 foizga oşgan bölsa, sohadagi real iş haqi atigi 0,6 foizga kötarilgan.

Natijada, 2026-yilning birinçi yarmida migrantlar tomonidan Özbekistonga yuborilgan pul ötkazmalari hajmi 9,3 milliard AQŞ dollariga yetdi. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan 13 foiz köp.

Reydlar va himoyasizlik: doimiy bosim ostidagi hayot

Sönggi yillarda Rossiyada mehnat migrantlarining bölib turiş şartlari sezilarli darajada qattiqlaşdi. 2025-yilda nazorat ostidagi şaxslar reyestrining joriy etilişi Rossiya hokimiyatining migratsiya maqomi tartibga solinmagan xorijliklar huquqlarini çeklaş imkoniyatlarini kengaytirdi.

Amaliyotda bu holat muntazam reydlar, asossiz uşlab turişlar va kuç işlatiş bilan boğliq bosimlar bilan birga keçmoqda.

2026-yil iyul oyida Moskvadagi quriliş maydonlaridan birida Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistondan kelgan işçilar hujjatlari tekşirilişidan oldin çökkalab yurişga majburlangan. Vaholanki, ularning köpçiligida barça hujjatlar töliq bölgan.

2025-yilda ham Qozon, Sankt-Peterburg va Moskvada kuç işlatiş, kaltaklaş va tovlamaçilik bilan boğliq şunga öxşaş holatlar qayd etilgan.

Harbiyga yollaş va yöqotişlar

Huquqiy himoyaning zaifligi migrantlarni harbiy harakatlarga jalb qiliş uçun oson nişonga aylantirmoqda. Migratsiya qaydi qoidalarini buzganlik uçun uşlangan şaxslarga köpinça deportatsiya qilinişi yoki Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşi kerakligi aytilmoqda. Ayrim hollarda esa şartnoma hujjatlari mamlakatdan çiqarib yuborişga oid qoğozlar sifatida körsatilib, imzolatişga urinilgan.

Maʼlumotlarga köra, 2026-yil iyul oyida Urgut tumanida yaşovçi 23 yoşli yigit 3 yil 6 oyga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan. U işlaş uçun xorijga borib, aldaş yöli bilan Rossiya armiyasiga yuborilgan, buyruqlarni bajarişdan boş tortgani uçun kaltaklangan, ammo qoçib, Vataniga qaytişga muvaffaq bölgan.
Huquq himoyaçilari maʼlumotlariga köra, 2026-yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişga aloqador 4 853 nafar Özbekiston fuqarosi qayd etilgan. Markaziy Osiyodan bölgan fuqarolarning umumiy soni esa 12 666 nafarni taşkil etgan.

Oçiq manbalar asosida olib borilgan jurnalistik suriştiruvlarda Rossiya armiyasi safida uruşgan va halok bölgan kamida 229 nafar özbekistonlikning şaxsi aniqlangan.

2026-yil avgust oyida Tataristonda uçuvçisiz uçiş qurilmalari hujumi oqibatida yetti nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgan.

Muammo kölami katta bölişiga qaramay, hozirgaça xorijda halok bölgan fuqarolar, ularning jasadlarini Vatanga qaytariş va kuç işlatiş orqali mehnatga majburlaş holatlari böyiça töliq rasmiy statistika eʼlon qilinmayapti.

Mehnat migrantlari Vatandan taşqarida bölsa ham, Özbekiston fuqarolari bölib qoladi. Ularning mamlakat iqtisodiyotiga qöşayotgan katta hissasi davlatdan ularning qadr-qimmati va hayotini qatʼiy himoya qilişni kutişga asos beradi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya