683 15/07/2025

Vladimir viloyatining Murom shahrida 24 yoshli mahalliy fuqaro muhojirni kaltaklab o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda 14-iyul kuni Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 2025-yil 28-iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Nijniy Novgorod viloyatida qurilishda ishlayotgan MDH davlatlaridan biridan ikki nafar muhojir Muromdagi tungi klubga dam olishga kelgan. Ertalab klubdan chiqib, ular ikki kishining mushtlashayotganini ko‘rishgan. Mushtlashuv ishtirokchilaridan biri o‘sha yerda bo‘lgan qizni urib yuborgan.

Migrantlardan biri, 33 yoshli erkak mushtlashayotganlardan biriga yaqinlashib, uni chetga olib chiqishga uringan. Shu payt uning orqadan bir yigit yugurib kelib, migrantning boshiga qattiq urgan. Muhojir zarbadan bosh miya jarohati olgan va tez yordam kelguniga qadar vafot etgan.

Hodisadan so‘ng urgan shaxs, uning rafiqasi va do‘stlari mashinada tezda Vladimir viloyatini tark etgan. Ammo u tezda videokuzatuv kameralari yordamida Ryazanda hibsga olindi.

Yigitga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining «o‘limga olib keladigan qasddan og‘ir shikast yetkazish» moddasi bo‘yicha ayblanib, hibsga olingan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya