Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovchilar Xabarovsk o‘lkasi Musiqiy teatri binosidagi yong‘in qurilish ishlari vaqtida xavfsizlik qoidalari buzilgani natijasida kelib chiqqanini aniqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda kamida olti gaz balloni portlagan.
Voqea yuzasidan o‘sha yerda ishlayotgan muhojirlar ushlandi — aynan ularning yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgani natijasida bino to‘liq yongan va 4 kishi jabrlangan.
Hozirda yong‘in bilan bog‘liq holat bo‘yicha tergovchilar tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.