555 25/11/2024

20-25 yoshlarda musofir yurtga ketish xuddi o‘lishdek gap. Sen boshqa bir mamlakatga ketasan, mahalla-ko‘y, sinfdoshlar, tanishlar seni nari borsa bir hafta so‘rashadi yoki eslashadi.

Shu bir hafta davomida seni chetga ketganingni hamma biladi, “falonchi chetga ketibdi” deb gapirishadi, undan keyin esa hech kim eslamaydi. Hamma o‘z tashvishi bilan o‘zi ovora bo‘ladi…

Sen esa, o‘zga yurtda xotiralaring bilan yashayverasan. Besh balkim o‘n yildan so‘ng Vatanga qaytasan. Bu orada sendan 5 yo 10 yosh kichik bolalar yetilgan, endi ularni davri boshlangan bo‘ladi.

Sen 10 yil oldingi shijoating bilan qolib ketgansan, ko‘chalarni to‘ldirib yurging, yoshlik davrini, davronini surging keladi, chunki ayni shu davron surish vaqtida “surgansan”, lekin endi seni davringni boshqalar egallagan. Sen ketishingdan oldingi yosh-yosh “churvaqalar” zabt etgan.

Sening tengqurlaring, sinfdoshlaring hammasi uylik-joylik, oilalik, endi sen ularga ham qo‘shila olmaysan, endi ularni o‘z muhiti, qo‘rg‘oni bor…

Sen endi na u dunyodasan, na bu dunyodasan…
Qaysidir orzu havaslar deb, yoshligingni yo‘qotding.
Seni, shu yerda qolganlar havas qiladigan hamma narsang bor, lekin ular sovurib yuborgan, yoshlik, zavq-shavq senda yo‘q…

Endi sen ulg‘ayganingni his qilasan, hayotga boshqa ko‘z bilan qaraysan. O‘tkinchi oshna-og‘aynigarchilik, bir ko‘rishda yoqtirish kabi tuyg‘ular shunchaki quruq safsata, aslida hayot sen ko‘rib turganingdan ko‘ra shafqatsizroq, sen anglaganingdan ko‘ra teranroq ekanini tushunasan…

Shohruh Mirzo

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya