Myanmadan kelgan malakasizlangan ishchilar kamida ikki mintaqa — Primorye o‘lkasi va Amur viloyati korxonalariga jalb qilingani haqida OAV xabar bermoqda.
Respublika rasmiylari pilot loyiha doirasida 24 mutaxassis Rossiyaga jo‘natilganini ma’lum qilgan. Rossiya kompaniyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Primorye o‘lkasida asosan payvandchilar ish boshlagan, yaqin oylarda yana 30 nafar ishchining kelishini kutishmoqda.
Amur viloyatida esa qurilish sohasi uchun payvandchilar, montajchilar va betonchilar jalb qilingan.
Bundan oldin bunday hamkorlik istiqbollari haqida Maksim Reshetnikov gapirgan edi. Masala fevral oyi oxirida Rossiya-Myanma hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ham muhokama qilingan. Hozircha rasmiy darajada aniq qarorlar qabul qilinmagan bo‘lsa-da, mehnat sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumini tayyorlash boshlangan. Shunga qaramay, biznes allaqachon dastlabki qadamlarni tashlagan.
E’tiborli jihati, asosan rus tiliga oldindan o‘qitilgan mutaxassislar tanlab jalb qilinmoqda. Shuningdek, Myanma buddistik mamlakat bo‘lgani bois ekstremizm va ijtimoiy keskinlik xavfi kamroq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.