Endi “Uzbekistan Airways” bilan Rossiyaning Yekaterinburg shahriga sayohat qilishingiz mumkin.
Chipta narxi bir tomonga ؘ– 1 559 000 so‘m, Namangan – Yekaterinburg – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 659 000 so‘mdan boshlanadi.
HY9829/9830 reysi dushanba kuni Namangandan soat 07:05 da uchib Yekaterinburgga 10:30 da qo‘nadi.
Yekaterinburgdan esa 12:00 da parvoz qilib Namanganga 15:10 da yetib keladi.
Juma kunlari esa Namangandan 06:00 da uchgan samolyot Yekaterinburgga 09:25 da yetib kelishi mo‘ljallangan.
Yekaterinburgdan Namanganga qarab soat 10:55 da havoga ko‘tarilgan samolyot 14:05 da Namanganga qo‘nadi.