Maqola

833 28/04/2025

Rossiya hududidagi migrantlarga qarshi bir qator kampaniyalar va qonunlarning kuchaytirilishidan so‘ng Markaziy Osiyodan mehnat muhojirlari oqimi sezilarli darajada kamaydi va Moskva Shimoliy Koreya va viza talab qilinadigan boshqa mamlakatlar fuqarolarini ishga taklif qila boshladi. Moskva nega sobiq sovet respublikalaridan keladigan muhojirlarning rus tilini bilish darajasi, o‘zaro tarixiy o‘xshashlikka qaramay, til bilmaydigan, mentaliteti ham boshqacha shimoliy koreyaliklarni mamlakatga taklif qilmoqda?

“Krokus Siti Xoll”ga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Rossiya hukumati markaziy osiyoliklarga qarshi reydlar va ommaviy deportatsiyalarni ko‘paytirdi. Reuters agentligiga ko‘ra, 2024-yil qishida migratsiyaga qarshi atigi bir kampaniya davomida tojikistonlik ishchilarga ommaviy ravishda ishga ruxsat berilmagan va minglab muhojirlar Rossiyani tark etishga majbur bo‘lgan.

O‘sib borayotgan ksenofobiya va millatchilik tuyg‘ularining kuchayishi ko‘plab markaziy osiyolik muhojirlarni Rossiyadan tashqarida ish izlash yoki vataniga qaytishga undadi.

Rossiya qurilish, yog‘och kesish va sanoat ob’yektlarida kadrlar yetishmasligi sabab KXDRdan ishchilarni yollash bo‘yicha rasman muzokaralarni boshladi. Interfaks axborot agentligi mahalliy kadrlar yetishmasligi va ketgan muhojirlarning o‘rnini qoplash uchun 50 minggacha Shimoliy Koreya fuqarolarini shartnoma asosida taklif qilish rejalashtirilayotganini xabar qildi. Videolar va Telegram postlarida Rossiyaning Wildberries kompaniyasi omborida yuzlab shimoliy koreyalik ayollar borligi ko‘rsatilgan, biroq kompaniyaning o‘zi bu da’volarni rad etgan. Newsweek xalqaro sanksiyalarga qaramay, Shimoliy Koreya Rossiyaga quruvchilarni ommaviy yetkazib berayotganini xabar bergan.

Moskva va Pxenyanning qurol-yarog‘ sohasida uzoq muddatli hamkorligi migratsiya siyosatida muhim o‘rin tutadi. Ukraina razvedkasi va Reuters
Shimoliy Koreya Rossiya armiyasining frontdagi artilleriya snaryadlariga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizini ta’minlayotganini iddao qilgan.
(taxminan 6 million snaryad va 148 KN-23/KN-24 ballistik raketalari)

Reuters va OSC hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan so‘nggi 20 oy ichida Rossiyaga kamida to‘rt million dona snaryad yetkazib bergan. Ushbu geosiyosiy «kompensatsiya» evaziga Rossiya Shimoliy Koreya ishchilariga o‘z eshiklarini ochadi.

KXDRdagi iqtisodiy vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda: muntazam ocharchilik va tanqislik, Business Insider ma’lumotlariga ko‘ra, aholi orasida surunkali to‘yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikka olib kelmoqda. Bunday sharoitda Rossiyaga ko‘chib o‘tishning har qanday imkoniyati, hatto og‘ir jismoniy mehnat uchun ham, yashash uchun imkoniyat sifatida qabul qilinadi. Bir partiyaviy tizim va Pxenyandagi rejim tomonidan to‘liq nazorat odamlarda itoatkorlik va sabr-toqat odatini singdirgani koreyslarni Rossiya mehnat bozori uchun «ishonchli» ishchilarga aylantiradi.

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni Shimoliy Koreya fuqarolari bilan almashtirish – bu Kremlning iqtisodiy va harbiy-siyosiy manfaatlarni o‘zida mujassam etgan ataylab o‘ylagan strategiyasi. Rossiyaga arzon va sodiq ishchi kuchi, Pxenyanga esa xorijiy valyuta va siyosiy yordam kerak. Shimoliy Koreya o‘q-dorilari va raketalarini yetkazib berishning davom etishi hamkorlikning ushbu «barter» modelini mustahkamlaydi va bu Rossiyaga Gʻarb ta’minotiga qaramlikdan qochish imkonini beradi. Natijada, Moskva KXDRdan uzluksiz harbiy yordam yetkazib berish kafolati yo‘lida markaziy osiyolik mehnat muhojirlaridan qisman voz kechish yo‘lini tanlamoqda.

Rossiya Shimoliy Koreyadan faqat ishchi kuchi emas, balki Ukraina bilan janglarda qatnashish uchun minglab askarlarni ham jalb qilgan faktlari tasdiqlandi.

2024-yil oxiridan hozirgacha minglab Shimoliy Koreya askarlari Ukraina bilan mojaroda Rossiya tomoniga joylashtirilgan. Janubiy Koreya va Ukraina hisob-kitoblariga ko’ra, ularning soni 10 000 dan 14 000 gacha, ulardan 3 000 dan 4 000 nafari Kursk viloyati uchun janglarda yaralangan yoki halok bo’lgan. Bu qo’shinlar mustahkamlangan pozitsiyalarga hujum qilishda qatnashdilar va «oxirgi o’qgacha» hujumga o’tdilar. Ukraina qo‘shinlari Shimoliy Koreyaning bir qancha askarlarini qo‘lga oldi, bu ularning Rossiya va Janubiy Koreya razvedkasi bilan aloqadorligini tasdiqladi.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya