Maqola

226 08/11/2024
Rossiya ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk «Нелегал – 2024» operatsiyasi yakunlangani haqida telegram sahifasida xabar berdi.

Operatsiya har yili Rossiya ichki ishlar vazirligi (МВД), Rossiya Xavfsizlik xizmati (ФСБ) va Rosfinmonitoring tomonidan jamoaviy xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ОДКБ) a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

«Нелегал – 2024» operatsiyasining maqsadi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan ushbu sohada ishlaydigan xalqaro va mintaqalararo aloqalarga ega uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy jamoalarning faoliyatini to’xtatish, deb ma’lum qilmoqda Rossiya IIV.

Vazir Vladimir Kolokoltsev Rossiya ichki ishlar vazirligi majlisida «»Нелегал – 2024» operatsiyasi doirasida 106 mingdan ortiq migratsiya qonunchiligining buzilishi holatlari aniqlanganini, ma’muriy chiqarib yuborish va deportatsiya qilish to’g’risida 20 mingta qaror qabul qilinganligini, noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog’liq 4 mingdan ortiq jinoyat ishi qo’zg’atilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, davlat chegarasini noqonuniy kesib o’tish, qurol, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq 684 ta jinoyat ishi ochilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya