
Oltoy o‘lkasi politsiyasi noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazdi. “Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 100 ga yaqin xorijlik tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV matbuot xizmati.
Kulunda tumanida vaxtaga qatnovchi olti avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Yo‘lovchilar orasida politsiya Rossiyada noqonuniy yashayotgan 33 nafar muhojirni aniqladi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. O‘sha kuniyoq barcha muhojirlar mamlakatdan chiqarib yuborilgan, deya aniqlik kiritdi vazirlik.
Bundan tashqari, chet ellik ishchilar to’planadigan hududlarda reydlar o’tkazilmoqda. Noqonuniy migrantlar va mulk egalari javobgarlikka tortildi. Bir nafar muhojirga 2030-yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlandi.