Maqola

191 06/06/2024

Nevskiy tumanida rolikli konkida uchayotgan besh yoshli bola kutilmaganda yo‘l qismiga chiqib ketdi va uni mashina urib yubordi. Voqea Belishev ko‘chasidagi 8-uy yaqinida, bolant nazoratsiz qoldirgan ota-onaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bola ota-onasining yonida rolikda uchayotgan va to‘satdan piyodalar o‘tish joyidan katta yo‘lga tushib ketgan. O‘sha vaqtda uni Podvoyskiy ko‘chasi tomon harakatlanayotgan “Xyunday Solyaris” rusumli avtomashina urib yuborgan. Haydovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 51 yoshli erkak, dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, u yo‘l harakati qoidalari va migratsiya qonunchiligini buzgani aniqlanmagan.

YTHdan so‘ng bolaning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanib, u zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda politsiya voqeaning barcha holatlarini o‘rganmoqda.

Xabarning ostida qoldirilgan izohlar orasida foydalanuvchilar turli fikrlarni bildirgan. Millatchilikka qorishgan, migrantofob izohlar bilan birga voqeaga teran ko‘z bilan qaragan foydalanuvchilar ham borligini ko‘rish mumkin. Masalan, Tatyana ismli tarmoq foydalanuvchisi boladan ko‘ra haydovchiga ko‘proq achinishini aytgan bo‘lsa, Yekaterina Rijova, bu vaziyatda voqeaning barcha ishtirokchilari: ota-ona, bola va haydovchining barchasi hamdardlikka loyiq, deb hisoblaydi. DJ-Kapitan nikli fuqaro esa bu holatda  haydovchining millati muhim emasligi, uning aybi yo‘qligini aytib, unga hamdardlik bildirgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya