Maqola

176 23/08/2024

Rossiyada nafaqat Markaziy Osiyo fuqarolariga, balki afrikalik migrantlarga ham “ov” boshlangan ko’rinadi. «РУДН» universitetining katta o’qituvchisi Nigeriya fuqarolarining noqonuniy migratsiyasini tashkil etishda gumon qilinib, qo’lga olingan.

“Baza” nashrining xabar berishicha, 49 yoshli «РУДН» universitetining Axborot boshqaruvi departamenti o’qituvchisi Ekpodobo Raymond Ovvigxo nigeriyalik fuqarolarga pul evaziga soxta nikohlar tuzishga yordam berganlikda gumonlanmoqda.

Xabar berilishicha, o’qituvchi “rus kelinchak” topib, nigeriyalik kuyovlarga nikoh tuzishiga yordamlashgan. Soxta nikoh nogeriyalik kuyovlarga Rossiyada qonuniylashishga yordam bergan. Bir nikoh uchun nigeriyalik kuyovlar 60 mingdan 150 ming rublgacha to’lagan. Hozirgi kunda ushbu xizmatdan foydalangan 11 nafar chet ellik fuqaro haqida ma’lumot bor.

Ekpodobo bilan birga yana 4 kishi ushlangani xabar berilmoqda: 3 nafar Rossiya fuqarosi va 1 nafar Nigeriya fuqarosi. “Nikoh agentligi” 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelgan.

Manba

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya