Maqola

174 03/09/2024

1-sentabr kuni Rossiyaning Nijegorodskaya oblasti hududida YTH oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Ushbu hodisa qurbonlari va jabrlanganlar shaxsi aniqlandi. Avtohalokatda Atoyev Azim Axrorovich (1992-yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati Romitan tumanida yashagan), Abdullayev Ikrombek Sadullayevich (1983-yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashagan), Akimniyazov Xasen Ubaydullayevich (1986-yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashagan), Nazarov Zafarbek Ilhomiddin o‘g‘li (1993-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan), Nomozov Zarif Normamatovich (1981-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Narpay tumanida yashagan), Mahmudova Hakimaxon Shermaxammatovna (1978-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashagan), Tulyakov Sadriddin Sa’dullayevich (1973-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Karmana tumanida yashagan) vafot etgan.

Shuningdek, Abduraxmonov Abrorbek Bahodir o‘g‘li (2005-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashaydi), Usmonova Maharramxon Tolibjon qizi (1991-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Andijon tumanida yashaydi), Umbarov Ulug‘bek Yangiboyevich (1967-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashaydi) jabrlangan va Viksa shaharchasidagi shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozirda qurbonlarning jasadlarini Vatanga qaytarish ishlari olib borilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya