Maqola

220 07/06/2025

Nijniy Novgorod aeroportida politsiya xodimlari va bir necha mahalliy aholi qo‘lga olindi. Ular noqonuniy migrantlarning Rossiyadan jazosiz chiqib ketishiga yordam berganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda 6 iyun kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportda 2024-yildan 2025-yilgacha ishlagan guruh qonunni buzgan muhojirlarni pul evaziga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketishlariga yordam bergan. Shu tariqa, bu odamlarning Rossiyaga qaytishi taqiqlanmagan. Ushbu sxemada Nijniy Novgorod transport politsiyasida ishlagan politsiya xodimlari ham ishtirok etgan.

Ularga nisbatan ikki modda — migratsiyani noqonuniy tashkil etish va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish boʻyicha jinoiy ish ochilgan. Olti kishi allaqachon hibsga olingan.

Tergov qoʻmitasi oʻzining Telegram-kanalida ushbu jinoiy sxemaga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan har bir shaxsning harakatini sinchkovlik bilan tekshirishini maʼlum qildi. Tergov ishlari rahbariyat nazoratida.

Bundan oldinroq, 20-may kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migratsiyaning yana bir kanalini yopishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar bergan edi. O’shanda Volgograd viloyati va Moskvadan olti kishi qo’lga olingan. Ular Rossiyada 1000 dan ortiq xorijlikni qonuniylashtirishga yordam bergan. Ulardan biri go’yoki odamlarni yollagan soxta agentliklar ochgan. Bu “firmalar” orqali migrantlarga soxta hujjatlar berilgan. Shu tariqa ularning mamlakatda qolish muddati uzaytirilgan. Mazkur holat yuzasidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish aybi bilan jinoiy ish ochilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya