
Nijniy Novgorod viloyatida «Иностранный специалист» tezkor-profilaktik operatsiyasi yakunlandi. Viloyat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvlar 2026-yil 24-fevraldan 28-fevralgacha o‘tkazildi.
Reydlar davomida politsiya xodimlari 1485 nafar chet el fuqarosini yashash va ish joylarida tekshirdi. Natijada migratsiya qonunlarini buzgan 350 nafar shaxs aniqlandi va 599 nafarga ma’muriy bayonnomalar tuzildi.
Qoidabuzarliklarning aksariyati Rossiyaga kirish qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek, chet el fuqarolarini noqonuniy ishga yollash bilan bog‘liq. Bundan tashqari, tekshirilganlar orasida nazorat ostidagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan 53 nafar shaxs va kirish taqiqlangan bitta chet el fuqarosi aniqlangan.
Materiallarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, sudlar chet el fuqarolarini Rossiyadan chiqarib yuborish to‘g‘risida 77 ta qaror berdi. Ulardan 67 nafari majburiy deportatsiya qilinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonalariga joylashtirildi. Operatsiya doirasida Davlat yo‘l harakati inspeksiyasi xodimlari shuningdek, chet ellik haydovchilar tomonidan sodir etilgan 55 ta yo‘l harakati qoidalarini buzishni aniqladi.
Shunga o‘xshash keng ko‘lamli reyd ilgariroq Arzamas shahrida ham o‘tkazilgan edi.