
Nijniy Novgorod viloyati yana bor muhojirlarga ishlashga ruxsat berdi. Ilgari viloyat hokimiyati ayrim hududlarda xorijliklarni ishga olishni taqiqlamoqchi bo‘lgan edi. Biroq ishchilar yetishmasligi sababli ular fikrini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Tadbirkorlar huquqlari bo‘yicha vakil idorasiga tayanib, RBK nashri xabar bermoqda.
Dastlab, taqiq mart oyida joriy etilishi rejalashtirilgan edi. Bu muhojirlarning tozalash, tashish, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish kabi sohalardagi ishlariga tegishli edi. Ammo tadbirkorlar agar taqiq kuchga kirsa, ishlaydigan odam qolmasligi haqida shikoyat qila boshladi. Bu ishlarda ishlaydigan mahalliy fuqarolar yetarli emas.
Ishbilarmonlarning murojaatlaridan so‘ng hokimiyat o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqdi. Nijniy Novgorod biznes-ombudsmeni Pavel Solodkiyning ta’kidlashicha, rasmiylar nafaqat raqamlarni, balki haqiqiy vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rgangan va taqiq kuchga kirgunga qadar olib tashlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Bunday holatlar boshqa viloyatlarda ham kuzatilgan. Masalan, Sankt-Peterburgda ular migrantlarning taksi va yetkazib berish xizmatlarida ishlashini taqiqlamaslikka qaror qilishdi. Krasnodar o‘lkasida esa hokimiyat muhojirlarning qurilishda ishlashiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bularning barchasi ko‘pincha chet ellik ishchilarning o‘rnini bosadigan kadrlar yo‘qligi bilan bog‘liq.