Мақола

223 22/04/2024

Nijniy Novgorodning Kstov shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘z chaqalog‘ini bo‘g‘ib, jasadini kir mashinaning orqasiga yashirgan. Ammo uy sharoitida o‘tgan tug‘ruqdan so‘ng qon ketishi boshlangani uchun ayol tez tibbiy yordamga murojaat qiladi.

Shifokorlar ko‘rikda nima bo‘lganini tushunib, politsiyaga xabar bergan. Ayol politsiyaga bor haqiqatni aytib, chaqaloq jasadini kir mashina orqasiga yashirganiga iqror bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ayol Kstovda turmush o‘rtog‘i bilan dvornik bo‘lib ishlab kelishgan. O‘zbekistonda qarindoshlari qaramog‘ida ularning 2 nafar farzandi qolgan.

Vafot etgan qizaloq oila uchun uchinchi farzand bo‘lgan.

Jurnalistlar savollariga javob berishni istamagan ayol ona tilida homiladorligini tuqqan vaqtigacha bilmaganini aytgan.

Ayolga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 106-moddasi bilan jinoiy ish ochilib, 5-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Ayni vaqtda tergov davomida ayolning hibsda qolishi haqida sud hukmi eshittirilgani ma’lum.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация