Maqola

1 527 03/02/2025

5-fevraldan Rossiyada noqonuniy bo’lib turgan chet el fuqarolari ro‘yxatidan iborat “nazorat qilinuvchi shaxslar reyestri” (pеестр контролируемых лиц) ishlay boshlaydi. 2024-yil 8-avgustdagi 260-sonli Federal qonunga muvofiq, mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo’lgan migrantlarga nisbatan “chiqarib yuborish rejimi” (режим высылки) joriy etiladi. Rossiyada bo‘lishga taqiq va ma’muriy tartibda chiqarib yuborishdan tashqari, bu reyestrga tushgan muhojirlar bir qator cheklovlarga duch keladi. Qonunchilikda ko’rsatilgan cheklovlar ro’yxatini keltiramiz.

Nikohdan o’tishga taqiq. 5-fevraldan noqonuniy migrantlar Rossiyada o’z munosabatlarini rasman ro’yxatdan o’tkaza olmaydilar.

Biznesni ro’yxatdan o’tkazishga cheklovlar. Reyestrga tushgan muhojirlarga tadbirkor bo’lish taqiqlanadi.

Mulk sotib olishga cheklovlar. Reyestrga tushgan muhojirlarga ko’chmas mulk, avtomobillar va boshqa aktivlarni sotib olish mumkin bo’lmaydi.

Haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lish. Reyestrga tushgan muhojirlarga nafaqat haydovchilik guvohnomasini olish, balki undan foydalanish ham taqiqlanadi.

Moliyaviy operatsiyalarga cheklovlar. Bank hisobvaraqlarini ochish va 30 ming rubldan ko‘p pul aylantirish, pul o’tkazmalarini amalga oshirilishi mumkin bo’lmaydi.

Harakatlanishga cheklovlar. Chiqarib yuborish rejimi ostida bo’lgan shaxslar ma’lum bir shahar yoki munitsipalitet chegarasidan tashqariga chiqolmaydilar.

Boshqa xizmatlarga, masalan, chipta sotib olishga to’g’ridan-to’g’ri taqiqlar nazarda tutilmagan.

Reyestr bir sutkada to’rt marta yangilanishi rejalashtirilgan. Undan ish beruvchilar, jismoniy shaxslar, hokimiyat organlari, shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi o’nlab davlat muassasalari xodimlari ma’lumot olishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, hujjatsiz yurgan migrantlar Rossiya Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi 1126-sonli Farmoniga muvofiq 30-aprelgacha o’z holatini qonuniylashtirishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya