Maqola

355 26/11/2024

Rossiyada noqonuniy migratsiya uchun jarimalar to‘g‘risidagi qonunga mamlakat prezidenti Vladimir Putin imzo qo‘ydi.

Huquqiy axborot veb-saytida e’lon qilingan hujjatlardan jarimalar migratsiya hujjatlarini soxtalashtirgan fuqarolarga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ladi. Mamlakatga kirish, yashash yoki ish haqida soxta hujjatlar uchun jarima miqdori 5 dan 10 million rublgacha, qonunni takroran buzgan taqdirda esa 60 million rublni tashkil qiladi.

Hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilashtirish uchun 40, 80 ming rubl miqdorida jarima solinadi.

Shu hafta Tataristonda noqonuniy migratsiya bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi. Hammasi bo’lib u 1,8 ming kishining mamlakatga noqonuniy kirishiga yordam bergan. Bungacha Nijnekamsk rayonida temir yo‘lda noqonuniy ishlagan migrantlar topilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya