Maqola

419 09/08/2025

Irkutsk viloyati politsiyasi noqonuniy migratsiyani tashkil qilishda gumon qilingan guruhni qo‘lga oldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu qalloblikni Markaziy Osiyo davlatlaridan biri fuqarosi bo‘lgan ayol va rossiyalik keksa ayol amalga oshirgan.

43 yoshli muhojir ayol Rossiyada qonuniy bo‘lish muddati tugash arafasida turgan vatandoshlarini qidirib topgan. Pul evaziga ularga qalbaki shartnomalar tuzish va yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishni taklif qilgan.

Uning sherigi bo‘lgan irkutsklik 72 yoshli ayol muhojirlarni o‘zining ko‘chmas mulkiga – kvartiraga, uyga yoki dachaga ro‘yxatdan o‘tkazgan, biroq ular u yerda yashamagan. Bundan tashqari, u ushbu muhojirlar nomidan soxta shartnomalar tuzgan va migratsiya xizmatiga bildirishnomalar yuborgan.

Qizig‘i shundaki, Markaziy Osiyodan kelgan “uddaburron” ayol avval ham polisiya e’tiboriga tushgan: u ham rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan joyida yashamagan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 150 dan ortiq chet el fuqarolari ushbu sxema bo‘yicha Rossiyada noqonuniy bo‘lgan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan qo‘lga olinganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ularni 10 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya