110 28/03/2024

Novgorod gubernatori Andrey Nikitin imzolagan qarorga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprelidan Novgorod viloyatida xorij fuqarolariga taksi, jamoat transporti haydovchilari, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotuvichilari bo‘lib ishlash mumkin emas.

Ish beruvchilar shu sohalarda ishlayotgan xorijlik fuqarolarni 2024-yilning 26-iyunidan kechiktirmay bo‘shatishlari shart.

Mazkur taqiq “Vid na jitelstvo”si, “RVP”si bor bo‘lgan xorijliklarga yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi davlatlar (YEAES) fuqarolariga tegishli emas.

Bu degani, mazkur cheklov Novgorodda patent bilan ishlaydigan migrantlarga tegishli, xolos.

Patent bilan esa Rossiyada Tojikiston, O‘zbekiston, Moldova va Ozarbayjon fuqarolari ishlashadi.

Novgorod hukumati mazkur qarorni Rossiya Ichki ishlar vazirligining tavsiyalariga ko‘ra hududdagi migratsiya holatini barqarorlashtirish va mehnat bozorini nazorat qilish maqsadida qabul qilganini ma’lum qilgan.

Novgorod migrantlar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalar sonini cheklagan Rossiyaning o‘ninchi subyekti bo‘ldi. Avvalroq Rossiyaning Chelyabins, Magadan, Kaliningrad, Tula, Novosibirsk, Tyumen va Kaluga viloyatlari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi va Yakutiya ham shunga o‘xshash qaror qabul qilgan edi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация