Novgorod viloyatida mehnat muhojirlari uchun patent berish qayta tiklangani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi.
Yaqinda internet tarmog‘ida 2024-yil 6-noyabr kuni Novgorod viloyatida avvalroq kiritilgan cheklovlarga qaramay, yana migrantlarga patent berish boshlangani haqida ma’lumot tarqaldi. Avval Novgorod viloyatida 2024-yilning 1-oktabridan 2025-yilning 1-martigacha patent berish to‘xtatilgani xabar berilgan edi.
Migrant.uz Novgoroddagi mahalliy migratsiya xizmatlari bilan bog‘lanib, patent berish tiklangani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini aniqladi. Migrant.uz vakili bilan suhbatda 1-oktabrdan keyin Novgorod oblastiga kelgan muhojirlarga yangi patent berish hali ham taqiqlangani ma’lum qilindi. Biroq, 1-oktabrgacha Novgorodga kelib, patent olgan migrantlar hujjatlarini keying yilga uzaytirishlari mumkin ekani aytildi.
Shunday qilib, patent berishni qayta tiklash haqidagi ma’lumotlar ishonchsiz bo’lib chiqdi. Migrantlar yangiliklarni diqqat bilan tekshirishlari va Rossiyada qolish shartlarini buzmasliklari kerakligi eslatiladi. Mamlakatning boshqa hududlarida patent berish bo‘yicha hech qanday cheklovlar qayd etilmagan, ariza berish jarayoni odatdagidek davom etmoqda.