Мақола

105 19/03/2024

Novosibirsk IIV Bosh boshqarmasining matbuot xizmati reydlar natijasida 336 ta migratsiya qoidalarini buzish holatlari aniqlangani haqida xabar bergan.

Shuningdek,
✅ 44 ta noqonuniy mehnat faoliyat uchun ma’muriy ish ochilgan;
✅ 35 ta qonunga zid tarzda migrantlarni ishga joylaganlik uchun ish beruvchilarga ma’muriy ish ochilgan;
✅ 56 nafar migrant mamlakatdan majburiy chiqarib yuborilgan;
✅ 80 dan ortiq Rossiya fuqaroligini olgan migrantlar harbiy ro‘yxatga qo‘yilgan;
✅ 5 nafar Rossiya fuqaroligini olgan muhojir harbiy xizmat o‘tash uchun shartnoma imzolagan.

Martdagi reyd “voyenkomat”lar bilan hamkorlikdagi birinchi reyd emas. 2024-yilning yanvaridagi reydda 50 dan ortiq RF fuqaroligini olgan migrantlar harbiy ro‘yxatga turish uchun majburlangan edi. 8 nafar RF fuqaroligini olganlar esa Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasiga yuborilgan. 2023-yil dekabrida reyd davomida 6 nafar migrantlar harbiy xizmatga chaqirilgan edi.

Novosibirsk migratsiya o‘sishi bo‘yicha Sibirning lideri sanaladi. 2023-yili bu yerda 230 ming migrant migratsiya qaydi (registratsiya)dan o‘tgan.

Novosibirsk oblasti MVDsi boshlig‘i Andrey Kulkov deputatlar oldida chiqish qilganida 2023-yili mintaqada migrantlarga soxta registratsiya qilib berganliklari uchun 1100 ta jinoiy ish ochilganini, 100 nafarga yaqin migrant chegarani noqonuniy o‘tayotganida qo‘lga olingani, mingga yaqin kishi deportatsiya qilingani, 709 nafar migrantlarga Rossiyaga kelish uchun taqiq qo‘yilganini ma’lum qilgandi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация