
Novosibirsk viloyatida 2026-yildan boshlab muhojirlarga ayrim ishlarda ishlash taqiqlanadi. Yangi farmonni gubernator vazifasini bajaruvchi Vladimir Znatkov imzolagan.
Endi xorijliklarga umumiy oshxonalar, oziq-ovqat imtiyozli narxlarda sotiladigan kasalxonalar, maktablar yoki universitetlarning bufetlar va kafelarida ishlash taqiqlanadi. Cheklovlar sport, yuk tashish, yo‘lovchi tashish, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotishga ham tegishli.
Rasmiylarning aytishicha, ish beruvchilar yangi qoidalarni buzmaslik uchun farmon kuchga kirgandan keyin ikki oy ichida chet ellik ishchilar sonini kamaytirishi kerak.
Shunga o’xshash taqiqlar ilgari ham kuchga kirgan – 2024-yilda migrantlarga taksi va ayrim do’konlarda ishlash taqiqlangan. Endi chet elliklarga man etilgan kasblar roʻyxati kengaytirildi.