Maqola

377 03/06/2025

Muhojirlarni hibsga olish Rossiya gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Tadbir davomida 34 va 60 yoshli ikki erkak ushlangan.

“34 va 60 yoshli gumonlanuvchilar 2023-yil oktyabr oyida viloyat hududida chet el fuqarolarining noqonuniy bo‘lishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat olib borganliklari aniqlandi”, — deyiladi IIVning Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar fuqarolarni migratsiya maqsadida ro‘yxatga olish uchun soxta hujjatlar tayyorlagan, xorijliklarga tibbiy ko‘rikdan o‘tishda yordam bergan, rus tilini bilish bo‘yicha test natijalarini qalbakilashtirgan. Kerakli bilimga ega bo‘lmagan migrantlar imtihonni “muvaffaqiyatli” topshirganliklari to‘g‘risida sertifikat ham olgan.

Tekshirish chog‘ida ichki ishlar organlari tomonidan davlat tashkilotlarining muhrlari, chet el fuqarolarining pasportlari, kompyuterlar, noutbuk va flesh-disklar, mobil telefonlar, bank kartalari olib qo‘yilgan.

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati bo‘yicha tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat asosida jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Aprel oyida ham xavfsizlik kuchlari o‘z vatandoshlariga Rossiyada bo‘lishlarini qonuniylashtirish uchun noqonuniy hujjatlar olishga yordam bergan Markaziy Osiyodan kelgan shaxslarni ham qo‘lga olgan edi. Ulardan 498 ta xorijliklarning pasportlari va turli xil qalbaki hujjatlar olib qo‘yilgan.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya