Maqola

169 15/11/2024

Novosibirskstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarmida Novosibirsk oblastiga 6 713 nafar migrant kelgan, shulardan 2 570 nafari — tojikistonliklar.

Idoraning yozishicha, Novosibirskda 15 ta maktabda migrant bolalar umuman rus tilini bilmasligi aniqlangan.

So‘nggi kunlarda muhojirlarning Rossiyadagi farzandlari rus tilidan imtihon qilinib, keyin maktablarga qabul qilinishi bo‘yicha qonun ko‘rib chiqilmoqda.

Bu qonunga tojiklarning milliy-madaniy uyushmasi prezidenti Minxojiddin Karimov fikr bildirdi. Uning aytishicha, rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilishni taqiqlash integratsiya va tilni o‘rganish jarayonini qiyinlashtiradi. Uning fikricha, migrantlar Rossiyaga sifatli ta’lim olish uchun kelishadi.

Rus tilini  o‘rganish ko‘lamini kengaytirish uchun esa qo‘shimcha sarmoya ajratib, nafaqat Rossiyada, balki chet elda ham rus tili kurslarini ommalashtirish kerak.

«Agar rus tilini o‘rgangan xorijlik vataniga qaytsa, u bu tilni u yerda ham rivojlantirishi mumkin», — deydi tojiklar diasporasining Novosibirskdagi rahbari.

Shuningdek, diaspora rahbari Rossiya va Tojikiston o‘rtasida ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishni taklif qilgan.

Uning fikricha, bu rus tilini ommalashtirishga yordam beradi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, bolalar rus tilini multfilmlar orqali samarali o‘rganishi mumkin. «Bolalarga multfilmlar tomosha qilish juda yoqadi, ular orqali tilni tezroq o‘zlashtirishga yordam berish kerak», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya