Novosibirsk viloyatida hududdan çiqib ketayotgan xorij fuqarolari soni kelayotganlar sonidan oşib ketdi. Rossiya IIVning Novosibirsk viloyati böyiça boş boşqarmasi boşliği Andrey Kulkov hukumat yiğilişida bir hafta içida viloyatdan 7896 kişi çiqib ketgani, kelganlar esa 6879 nafarni taşkil etganini aytib ötdi.
Bunday holat mavsumiy işçilar yozgi mehnat mavsumi tugagaç, öz işlarini yakunlab, uylariga qaytayotgani bilan izohlanadi. Taqqoslaş uçun, 2025-yil aprel oyida aksinça holat kuzatilgandi, ya’ni muhojirlar oqimi sezilarli bölgan: öşanda oyning örtasida 8017 kişi kirib kelgan, bu avvalgi haftaga nisbatan 2800 taga köp edi. Ixtiyoriy çiqib ketişdan taşqari, hokimiyat vakillari tekşiruvlar va majburiy çiqarib yuboriş işlarini olib bormoqda. 2026-yil boşidan buyon 1,5 ming nafar xorijlik nazorat ostida hududni tark etdi.
Uçta turar joy binosi va beşta quriliş ob’ektida ötkazilgan sönggi reydlar davomida qonunbuzarlikning 213 holati aniqlandi. Natijada 67 kişiga nisbatan mamlakatdan çiqarib yuboriş töğrisida qaror qabul qilindi, ulardan 50 nafari allaqaçon Rossiya hududidan çiqarib yuborildi.