Novosibirsk viloyatida xorijiy fuqarolarning sezilarli darajada chiqib ketishi qayd etilmoqda, deb xabar beradi viloyat Ichki ishlar vazirligi boshligʻi oʻrinbosari Kirill Travin. Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan hafta mintaqani 9050 migrant tark etib, 6620 muhojir kirgan.
Politsiya Novosibirskning migrantlar eng koʻp yashaydigan Kirov, Lenin va Dzerjinskiy tumanlarida tekshiruvlar oʻtkazdi. Reydlarda 232 nafar xorijiy fuqaro tekshirildi. Ulardan 15 nafariga migratsiya qonunlarini buzganlik uchun maʼmuriy bayonnomalar berildi.
Shuningdek, bu hafta 46 nafar migrant “vidvoreniya” qilinadi, ulardan 37 nafari viloyatdan chiqib ketdi, yana toʻrt nafar muhojir deportatsiya qilindi.
Migratsiya oqimida Oʻzbekiston yetakchilik qilmoqda, soʻnggi olti oy ichida mintaqaga ushbu mamlakatning 46 000 fuqarosi kirgan. Tojikiston taxminan 36 000 kishi bilan ikkinchi oʻrinda, undan keyin Qirgʻiziston va Qozogʻiston. Migratsiya xizmati rasmiylari taʼkidlashicha, birinchi marta Novosibirskka ish uchun kelgan migrantlar ulushi umumiy oqimning 50% dan oshdi.