280 18/03/2024

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 137 457 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu 2023-yilning tegishli davriga (141 090) nisbatan 3 631 (2,6%) nafarga kam.

O‘zbekistonda yillik tug‘ilish soni 2018-yildan buyon uzluksiz o‘sib kelayotgan edi. Teskari tendensiya muvaqqat chetlanishmi yoki yangi tendensiyaning boshlanishimi, xulosa chiqarishga ancha erta.

Lekin ayrim trendlar bu holat davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Birinchidan, qayd etilgan nikohlar soni ikkinchi yil ketma ket qisqarmoqda va 2023-yilda yangi davrdagi eng kam nikoh ro‘yxatga olingan (283,8 ming). Bundan kamroq ko‘rsatkich 2016-yilda qayd etilgan (275,0 ming).

Ikkinchidan, ajralishlar soni sun’iy byurokratik to‘siqlarga qaramay, 2023-yilda barcha davrlardagi maksimumga 49,2 mingga yetgan. Bu raqam mavjud reallikni ifodalamasligi va avvalgi yillardagi to‘siqlarning yumshatilishi effekti bo‘lishi ham mumkin.

Uchinchidan va bu eng asosiysi, daromadlarning o‘sishi keskin sekinlashgani. 2023-yilda jon boshiga real daromadlar o‘sishi pandemiya yilini hisobga olmasa, oxirgi 7-yildagi eng past ko‘rsatkichgacha sekinlashgan (https://t.me/the_bakiroo/7634) (2,4%). 5 ta hududda esa real daromadlar qisqargan.

O‘zi yangi davrda tug‘ilishning keskin ortishi daromadlarning o‘sishi bilan yuqori korrelyatsiyada bo‘lgan edi. Tug‘ilish dinamikasi uzoq muddatli trendi yana urbanizatsiya, gender chaqiriqlari, migratsiya, ertangi kunga ishonch kabi ko‘plab omillar ta’siri ostida shakllanadi.

©Otabek Bakirov

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya