Maqola

492 09/11/2025

Nyu-York shahar meri Zohran Mamdaniy Spectrum News nashriga bergan intervyusida shahar politsiyasi AQSH Immigratsiya va Bojxona nazorati (ICE) bilan hamkorlik qilmasligini e’lon qildi.

Mamdaniyning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York politsiyasi shaharda yashovchi migrantlarga qaratilgan operatsiyalarda ICEga yordam bermaydi. Uning ta’kidlashicha, Nyu-York shahrining barcha beshta tumani aholisi o‘zlarini xavfsiz his qilishlari va politsiyaga murojaat qilishdan qo‘rqmasliklari kerak.

Mamdaniy 2026-yil 1-yanvarda lavozimga kirishadi. Hozircha shaharni ilgari mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishni rejalashtirgan, ammo bu qarordan voz kechib shu kuzda poygadan chiqib ketgan Erik Adams boshqaradi.

Qo‘shma Shtatlarda immigratsiya siyosati bo‘yicha siyosiy munozaralar davom etmoqda. Prezident Donald Tramp chegara nazoratini kuchaytirish va noqonuniy immigrantlar uchun keng ko‘lamli deportatsiya operatsiyasini o‘tkazish niyatini bir necha bor bildirgan. Mamdaniyning bayonoti shuni anglatadiki, Nyu-York shahri rasmiylari jinoyat qonunchiligi buzilmagan taqdirda mahalliy politsiyaning federal migrantlarni hibsga olishda ishtirokini qo‘llab-quvvatlash niyatida emaslar.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya