Maqola

135 06/01/2025

Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi 5-yanvar kuni inson metapnevmovirusining tarqalganini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, kasallanishning o‘sishi tibbiyot muassasalariga ulkan bosimni yuklagan. U yerga bunday simptomlar bilan bemorlarni olib kelmoqda: titroq, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, zaiflik va bosh aylanishi. Shu bilan birga, Xitoyda boshqa nafas yo‘llari viruslari ham tarqalmoqda, masalan, gripp A, mikoplazma pnevmoniyasi va koronavirus.

Avvalroq Xitoy kasalxonalari sirli virus sababli to‘lib-toshgani haqida xabar berilgan edi. OAV “noma’lum paydo bo‘lgan pnevmoniya tarqalishi” haqida ma’lumot bergan va u butun Xitoyni qamrab olganini ta’kidlagan. Virus tez tarqalayotgani va COVID-19 ga o‘xshash simptomlar keltirib chiqarayotgani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, virus bolalar, keksalar va oldindan kasallikka chalinish holati mavjud bo‘lgan odamlar kabi xavfli guruhlar uchun ayniqsa xatarlidir.

Xitoy vrachlari ma’lumotlariga ko‘ra, metapnevmovirus sabab bo‘lgan o‘lim darajasi 43 foizga yetadi. Bu COVID-19 dan ko‘ra yuqori o‘lim ko‘rsatkichidir.

Xitoy hukumati noma’lum kelib chiqishli pnevmoniya holatlarini kuzatish uchun yangi nazorat tizimini ishga tushirdi.

“Rospotrebnadzor” epidemiologik vaziyat kuzatib borilayotganini ma’lum qildi. Ushbu virus o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari, shu jumladan bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqarishini ta’kidladi. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, qariyalar va immuniteti zaif odamlar uchun alohida xavf tug‘diradi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini tinchlantirishga urinmoqda: ularning ma’lumotiga ko‘ra, 1-oktyabrdan beri mavsumiy metapnevmovirus bilan bog‘liq 30 holat qayd etilgan.

O‘zbekiston Sanepidqo‘mita esa “Metapnevmovirus yangi kasallik emas. Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q”, deya jamoatchilikni xotirjamlikka chaqirdi.

“O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Yurtimizda ularning laboratoriya tekshiruvlari muntazam amalga oshirib kelinyapti va ana shunday tekshiruvlarning 39,9 foizida gripp virusi, 32,2 foizida rinovirus, 30,6 foizida respirator-sinsitial virus va 1,2 foizida metapnevmovirus aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya