
Sankt-Peterburg o‘zbek diasporasi rahbari Ne’matjon Mamajonov Davlat dumasi deputatlarining maktablarda migrant bolalarning bo‘lishini kvotalar bilan cheklashni taklif qilayotgan tashabbusini tanqid qildi. Deputatlar har bir sinfga bir nafar muhojir bola bo‘lishi lozimligini taklif qilishmoqda.
Parlament a’zolari Aleksey Nechayev, Anna Skroznikova va Sardana Avksenteva Ta’lim vazirligiga bunday normani joriy etish taklifi bilan murojaat qilishdi. Ular bu fikrni 500 dan ortiq rus maktablarida xorijlik bolalar ulushi allaqachon 10 foizdan oshib ketgani va bu o‘quv jarayoni uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotganini iddao qilishgan.
Mamajonovning fikricha, hozirgi paytda bunday cheklovni amalga oshirish mumkin emas.
«Aslida xorijlik bo‘lmagan belaruslar bor, ozarbayjonlar, armanlar, Markaziy Osiyo xalqlari bor. Har bir millatdan bittadan bola olsak ham, bir sinfga besh kishidan to‘g‘ri keladi», deydi u.
U ruxsat etilgan me’yorni har bir sinfda besh nafar muhojir bolaga oshirishni taklif qilib, hozirgi sharoitga mos kelishini ta’kidlagan.
Mamajonov deputat Mixail Matveyevning rus tili imtihonidan o‘ta olmagan muhojirlarning farzandlarini vataniga deportatsiya qilish g‘oyasiga ham to‘xtaldi. U turli sabablarga ko‘ra Rossiyani tark eta olmaydigan oilalarning ahvolini hisobga olishga chaqirdi.