Maqola

872 03/10/2025

2025-yilning 30-sentyabr kuni Novosibirskning Lenin ko‘chasida bir guruh o‘smirlar ko‘rinishidan osiyolik voyaga yetmagan bolaga hujum qilib, millati yuzasidan haqorat qilgan. Jabrlanuvchi majburan tiz cho‘ktirilib, millati uchun kechirim so‘rashga majbur etilgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda hodisaga aloqador shaxslarning shaxsini, shuningdek, jabrlanuvchining millati va fuqaroligini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirskdagi Bosh konsulligi zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga voqea yuzasidan to‘liq ma’lumot berishni so‘rab diplomatik murojaat yubordi.

Qayd etilishicha, vaziyat diplomatik missiyaning maxsus nazorati ostida. Konsullik ommaviy axborot vositalarini rasmiy ma’lumotlar chiqmaguncha yolg‘on va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya