Maqola

375 14/11/2025

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada mehnat faoliyatini qonuniy va xavfsiz yo‘l bilan tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mehnat migratsiyasi bo‘yicha “pilot loyiha”ni qayta yo‘lga qo‘yish masalasida fikr almashdilar. Xususan, migratsiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘rik va rus tili imtihonlarini Toshkent va Jizzaxdagi Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallariga ko‘chirish, shuningdek rus tili, tarixi va qonunchiligi bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etish rejalari muhokama etildi.

Uchrashuvda kasbiy ta’lim tizimida o‘qituvchilar va ishlab chiqarish sohasi mutaxassislarini tayyorlashda Rossiyadan pedagog va ekspertlarni jalb qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek, Rossiyadagi migratsiya nazorati va reydlar jarayonida O‘zbekiston fuqarolari huquqlarining buzilmasligi va ularga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tomonlar migratsiya sohasidagi dolzarb masalalarni tezkor hal qilish maqsadida ishchi guruh doirasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazib borish haqida kelishib oldilar.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya