
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda migratsiya tartibi va jarayonlarini soddalashtirish hamda Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV huzuridagi «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Asosiy takliflardan biri qonuniy mehnat migratsiyasi uchun zarur bo‘lgan bir qator tartib-taomillarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston hududiga o‘tkazish bo‘ldi. Xususan, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon topshirish – bularning barchasi Toshkentda faoliyat yuritayotgan Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarida tashkil etilishi mumkin.
Shuningdek, «Pasport-viza xizmati» (ПВС) vakolatxonasi va Toshkent shahrida «Saxarovo» markazi faoliyatini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi. Bu o‘zbekistonlik muhojirlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni osonlashtiradi, vaqtni qisqartiradi va migrantlarning xarajatlarini kamaytiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Klinikada mehnat muhojirlari barcha zaruriy tibbiy tahlillar va tekshiruvlardan o‘tishlari, shu jumladan «Гемотест» kabi Rossiya kompaniyalarini bu jarayonga jalb qilishlari mumkin bo‘ladi.