
O‘zbekistonning “Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent-Dushanbe-Toshkent va Samarqand-Dushanbe-Samarqand yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Aviakompaniya maʼlumotlariga koʻra, Toshkent-Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar 2025-yilning 19-iyulidan, Samarqand-Dushanbe-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha esa 2025-yilning 20-iyulidan boshlab har bir yoʻnalish boʻyicha haftasiga ikkitadan reyslar amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, Toshkent-Dushanbe-Toshkent va Samarqand-Dushanbe-Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha parvozlar Tojikiston va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida 2018-yil 9-martda imzolangan havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim asosida “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Toshkent-Dushanbe reysi narxi 653 ming so‘mdan (valyuta kursi bo‘yicha 494,72 somoniy), Samarqand-Dushanbe reysi uchun 608 ming so‘mdan (460,62 somoniy) sotilmoqda.