Maqola

51 13/10/2026

O‘zbekistonda 2027-yil 4–5-fevral kunlari ilk bor “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir milliy filmlar, seriallar, animatsiya va raqamli mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan rasmiy taqdimotda tadbirning dasturi, ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Taqdimotda 20 dan ortiq teleradiokanal, 15 dan ziyod OTT/VOD va onlayn platforma, 7 ta davlat tashkiloti va sohaviy muassasa hamda 40 ga yaqin kinostudiya, media kompaniya, ijodiy jamoa va kinoteatr vakillari hamda mustaqil ijodkorlar ishtirok etdi.

“Tashkent Content Market” doirasida xalqaro ko‘rgazma, forum va muhokamalar, kompaniyalar o‘rtasida biznes uchrashuvlari, yangi loyihalar taqdimotlari hamda mahorat darslari tashkil etiladi.
Tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishini kutilmoqda.

Xalqaro kontent bozorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etgan.
TCM milliy kino va media mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga tanitish, ijodkorlar va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish uchun yangi maydon bo‘lishi kutilmoqda.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya