Maqola

2 448 13/07/2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni O‘zbekiston fuqarolari va xorijliklarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga oid qonunni imzoladi. Bu qonunda pasport va ro‘yxatga olish tartiblarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori o‘zgartirildi.

Endi pasport yoki ID-kartasi yo‘q yoki muddati o‘tgan hujjat bilan yashagan fuqaroga yarim BHM (187,5 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi. Agar bunday holat bir yil ichida takrorlansa — jarima 3 BHM (1 125 000 so‘m) bo‘ladi.

Xuddi shu qoida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham taalluqli: ular ID-kartasiz yoki muddati o‘tgan ID-karta bilan yashasa — xuda shu miqdordagi jarima qo‘llanadi.

Pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotgan yoki yaroqsizlantirgan shaxslarga 1 BHM (375 000 so‘m) jarima belgilangan. Agar bu holat takrorlansa — 5 BHM (1 875 000 so‘m)gacha oshadi.

Yashash joyida ro‘yxatdan o‘tmasdan yashagan fuqarolar uchun ham jarima 3 BHM (1 125 000 so‘m), takror holatda — 5 BHM (1 875 000 so‘m) etib belgilandi. Xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar hujjatsiz yoki ro‘yxatsiz yashasa, avvalgidek 5 BHM, qayta sodir etilsa 10 BHM miqdorida jarima tugiladi.

Ayrim toifadagi fuqarolar jarimadan ozod etiladi. Ular quyidagilar:

18 yoshgacha bo‘lganlar;

60 yoshdan oshgan keksalar;

Davlat ta’minotidagi shaxslar;

Favqulodda holatlar qurbonlari (yongin, tabiiy ofatlar va h.k.);

Sud ishi sabab hujjat muddati to‘xtatilganlar;

Jazo muddatini o‘tab, hujjat olish uchun ariza berganlar;

Hujjatni jinoyat natijasida yo‘qotganlar;

Xizmat yoki fors-major sabab hujjat yo‘qotganlar (dalillar bo‘lishi shart).

Bundan tashqari, pasport yoki ID-kartani garovga qo‘yganlik uchun jarima 2 BHMga tushirildi (avval 10−15 BHM edi). Pasportni noqonuniy olib qo‘yganlik uchun 10 BHM jarima belgilandi.

Shuningdek, yangi qonunga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish huquqini cheklaydigan qoida bekor qilindi. 12 oktyabrdan boshlab har bir fuqaro poytaxtda doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya