Maqola

277 03/05/2024

So‘nggi to‘rt yilda rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga sayohatlari soni 10 barobardan ziyod oshdi, o‘zbekistonlik sayyohlarning Rossiyaga qiziqishi ham ortib bormoqda – o‘zaro sayyohlik oqimi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetdi, deb xabar qilgan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

“So‘nggi to‘rt yil ichida rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga sayohatlari soni 10 barobar ortib, 37 mingdan 403 ming kishigacha oshdi, 2023-yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning umumiy hajmida rossiyalik sayyohlarning ulushi qariyb 33 foizni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.

Press-relizda ta’kidlanishicha, rossiyalik sayyohlarni Rossiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida til to‘siqlarining yo‘qligi, shuningdek, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan arxitektura durdonalari bilan tanishish imkoniyati o‘ziga tortmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya