140 29/11/2024

2025-yilda “Rossotrudnichestvo” tashkiloti O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun ikki qo‘shimcha markaz ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda agentlikning O‘zbekistondagi vakili Irina Staroselskayaga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Hozirda O‘zbekistonda to‘rtta rus tili markazi faoliyat ko‘rsatadi. 2025-yili yana ikkita shunday markaz ochilishi rejalashtirilmoqda. Rossotrudnichestvo vakilining aytishicha, O‘zbekistonda rus tili va rus madaniyatini o‘rganishga katta qiziqish bor.

Staroselskaya, shuningdek, yangi markazlar Rossotrudnichestvo tomonidan yo‘lga qo‘yilgan keng xalqaro loyiha doirasida barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlanishini ma’lum qildi.

Rus tili markazlarida Rossiya oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshiruvchilar uchun kurslar, ta’lim mavzusida turli tadbirlar tashkil etiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya