Maqola

573 11/11/2024

Shot telegram kanalida e’lon qilingan videolavhada
Hulkar Oydinova erining ortidan urushga borishi kerakligini marhum qaynonasi tushida aytganini ta’kidladi.

Hulkarning eri ham O‘zbekistondan, u 2022-yildan beri urushda. Vladivostokdan ixtiyoriy ravishda «SVO»ga jo‘nab ketgan. Bir yarim oy o‘tib, Hulkar olti farzandini (ulardan kenjasi o‘shanda 8 oylik edi) va o‘z biznesini qoldirib, erining ortidan boradi.

Bolalarini 23 yoshli katta qiziga qoldirib ketgan. Hozirda barcha bolalar opasiga “ona” deb murojaat qilmoqda, biologik onaga esa “buvi” deb chaqirishmoqda. Xulkar bundan biroz xafa bo‘lsa ham, 26-yildan birga yashovchi turmush o‘rtog‘i bilan qolishni o‘z burchi deb biladi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari JKning 154.1-moddasiga ko‘ra, chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari Yollanish uchun ham JKning 154 moddasi bor. Yollanma askar bo‘lganlar 7-yildan 12-yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya